Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54 ta mahallada tadbirkorlik subyektlarining pasportlari tuzila boshladi, deya xabar berdi Norma Davlat soliq qo‘mitasiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 26.06.2018-yildagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3802-son qaroriga muvofiq, 2018-yil 1-oktabrdan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishini boshlash rejalashtirilmoqda. To‘plangan dalillar keyinchalik soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Pasport tuzish jarayonida:
- tadbirkorlik subyekti ro‘yxatga olingan joyda faoliyat yuritayotgani tekshiriladi;
- haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turi o‘rganiladi;
- xodimlarining haqiqatdagi soni hisobotda ko‘rsatilgani bilan solishtiriladi;
- ro‘yxatdan o‘tmay turib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar aniqlanib, davlat ro‘yxatiga olinadi.