Bryussel metrosidagi portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Reuters mazkur axborotni VTM telekanaliga asoslanib tarqatgan. Knack nashri ham xuddi shunday axborot bermoqda. Le Soir muxbiri esa 12 kishi halok bo‘lganini aytmoqda. AFP ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 15 kishi jabrlangan.
Malbek metro bekatidagi portlash bevosita bekatning o‘zida yoki uning yaqinida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan fotosuratlar paydo bo‘ldi. Portlashlar tufayli Bryussel metrosining barcha bekatlari evakuatsiya qilinmoqda.
22-mart, seshanba kuni ertalab Bryusseldagi “Zaventem” aeroportida portlashlar yuz berdi. Belgiya nashrlarining so‘nggi axborotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi tan jarohati olgan. Belgiya hukumati mazkur hodisani terakt deb tan oldi.
Izoh (0)