Bryussel aeroportida 22-mart, seshanba kuni yuz bergan ikki portlash terrorchilik harakatidir. Bu haqda, Belgiya hukumatining bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya poytaxtidagi “Zaventem” aeroportida yuz bergan ikki portlash oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgani, bir necha o‘nlab odamlar tan jarohati olgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, 22-mart kuni Bryussel metrosidagi ham portlash yuz berdi. Butun Belgiya bo‘ylab terrorchilik tahdidining eng yuqori darajasi e’lon qilingan.
Izoh (0)