Bryussel aeroportidagi portlashlardan so‘ng, butun Belgiya bo‘ylab terrorchilik tahdidining eng yuqori — to‘rtinchi darajasi e’on qilindi. Bu haqda, NOS’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Bryussel hududida favqulodda harakatlar rejasi tatbiq etilgan.
22-mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 atrofida Bryusselning “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, oradan biroz vaqt o‘tib, Bryussel metrosida ham portlash yuz bergani haqida xabar berildi. Hodisa sabablarini aniqlash ustida ishlanmoqda.
Izoh (0)