Rossiyaning Rostov-Don shahrida qulagan FlyDubai’ning Boeing 737-800 layneri bortida Rossiya fuqarosi bo‘lmagan besh nafar yo‘lovchi, xususan, O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan. Bu haqda, Rossiyaning Dubaydagi Bosh konsulligi ma’lumotlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Konsullikdagi navbatchi diplomatning ma’lum qilishicha, samolyot bortida asosan rossiyaliklar, shuningdek, besh nafar chet ellik — uch nafar Ukraina fuqarosi, bir nafar O‘zbekiston fuqarosi va bir nafar Hindiston fuqarosi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 19-mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 61 kishi — 55 yo‘lovchi va ekipajning 6 a’zosi halok bo‘lgan.
Izoh (0)