Birlashgan Arab Amirliklarining FlyDubai kompaniyasiga qarashli “Boing” samolyoti Rossiyaning Rostov-Don aeroportiga qo‘nayotganda halokatga uchradi. FVV Janubiy mintaqaviy markazi Dubaydan parvoz qilgan havo kemasi halokatini tasdiqladi, deya xabar beradi “TASS”.
Samolyot noqulay ob-havo tufayli birinchi urinishda qo‘nolmagani va ikkinchi bor bunga harakat qilganida qulab tushgani bildirilmoqda. Havo kemasi yerga zarb bilan urilganidan so‘ng alangalanish ro‘y bergan.
Samolyot bortida jami 61 kishi — 55 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘ldi.
https://youtu.be/3yVF9tFoO4U
Izoh (0)