Halokatga uchragan Boeing 737-800 samolyoti bortidagi yo‘lovchilarning aksariyati rossiyaliklar, Rostov-Donda yashovchilar bo‘lgan. Bu haqda Rossiya FVV Janubiy mintaqaviy markazi boshlig‘i Igor Oder ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bortda asosan Rostov-Donda istiqomat qiluvchilar bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, nobud bo‘lganlar orasida uch nafar chet ellik ham bor. Yo‘lovchilar ro‘yxatiga egamiz, unga aniqlik kiritilmoqda”, — deya ta’kidlagan Oder.
Izoh (0)