KXDR rahbariyati mamlakatga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi tarafidan qabul qilingan yangi rezolyutsiyani “xalq respublikasi suvereniteti asoslariga bolta uruvchi” “mislsiz, gangstercha” hujjat deb hisoblaydi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan 4-mart, juma kuni tarqatilgan xabarda aytildi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“KXDRning mustaqillik huquqini qonundan tashqari qo‘ymoqchi bo‘layotgan amerikalik imperialistlar va ularning tarafdorlarining xatti-harakatlari o‘ta jirkanch darajaga yetib keldi.. Ular KXDRning yadroviy tutib turish kuchlarini mustahkamlash va bortida ‘Kvanmyonson-4’ sun’iy yo‘ldoshi bor tashuvchi raketasining qonuniy uchirilishiga qarshi sanksiyalar joriy qilish to‘g‘risidagi mislsiz, gangstercha rezolyutsiyani ma’qulladi”, — deyiladi xabarda.
“Bu sharoitda KXDR xalqi va armiyasi g‘azab ila amerikalik imperialistlar va janubiy koreyalik sotqinlar qiyofasidagi mamlakat dushmanlarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi buyruqni ijro qilishga tayyordir”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni Xavfsizlik Kengashi ishtirokchilari Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari munosabati bilan unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga qaratilgan rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi.
Izoh (0)