Fransiya prezidenti Fransua Olland va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Rossiya hamda Suriya rasmiylarini mamlakatdagi mo‘tadil muxolifatga qarshi hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Amyen (Fransiya shimoli)da bo‘lib o‘tgan ikki davlat sammitining yakuniy kommyunikesida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
“Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya hamda Suriya rasmiylaridan mo‘tadil muxolifatga qarshi hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiladi. Mintaqada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni barbod etuvchi va qochoqlar bilan bog‘liq buhronni yanada keskinlashtiruvchi zo‘ravonlik holatlariga chek qo‘yishga chaqiramiz”, — deyiladi mazkur hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Suriya muxolifati rasmiy Damashqni o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzishda ayblagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)