AQSh Qurolli kuchlari zarurat tug‘ilganida KXDR yadro kuchlariga qarshi hujum uyushtirishga va ularni yo‘q qilishga tayyor. Bunday bayonot bilan Amerika mudofaa vazirligi amaldori chiqish qildi, deb yozadi Yahoo! News.
KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadro kuchlari har qanday lahzada dushmanga hujum uyushtirish uchun tayyor turishi kerakligi haqida aytgach, Pentagon Shimoliy Koreya arsenalining xavflilik darajasiga berilgan bahoni avvalgidek past ko‘rsatkichda qoldirdi.
“AQSh hukumati bergan baho o‘zgarmadi, — deya aniqlik kiritdi u. — Biz Shimoliy Koreyaning sinovlarini ko‘rmadik, uning yadro qurolini kichraytirish va qit’alararo ballistik raketalarni jihozlash qobiliyatlaridan bexabarmiz”.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRning yadro dasturi va raketa uchirishi munosabati bilan unga qarshi “20 yil ichidagi eng shafqatsiz” sanksiyalarni bir ovozdan qabul qildi.
Izoh (0)