Fransiya TIV rahbari Loran Fabius iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda 10-fevral, chorshanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi.
Vazirlar kengashining yig‘ilishi yakunida Fabius bu uning ishtirokidagi so‘nggi tadbir bo‘lganligini ma’lum qilgan.
Mamlakat prezidenti Fransua Olland shu kuni Fabiusning nomzodini Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi raisi lavozimiga taklif etishi kutilmoqda. Bu lavozimni 2007-yildan buyon Jan-Lui Debre egallab kelmoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha, tashqi ishlar vazirining iste’foga chiqishi hukumatda bir qator qayta tayinlashlarga olib keladi.
Fabius TIV rahbari lavozimini 2012-yilning may oyidan buyon egallab kelayotgandi.
Izoh (0)