KXDRda Koreya xalq armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Li Yon Gil qatl etildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi manbasiga ko‘ra, qatl o‘tgan hafta amalga oshirilgan. “Yuqori lavozimli harbiy korrupsiya va boshqa jinoyatlarda”, jumladan, shaxsiy boyligini oshirishda ayblangan.
Avvallari Kim Chen Inga uning harbiy qismlarga nazorat safarlarida tez-tez hamrohlik qilgan Li Yon Gilni Shimoliy Koreya OAVlari to‘satdan tilga olmay qo‘ydi. U 7-fevral kuni amalga oshirilgan eltuvchi raketa parvoziga bag‘ishlangan tantanalarda ham ishtirok etmagan.
Manbalar korrupsiya ayblovi Li Yon Gildan qutulish uchun shunchaki bahona bo‘lganini istisno qilmayapti. U yaqinda partiya ishchilari bosh harbiy lavozimlarga tayinlanganiga qarshi gapirgan yoki davlat to‘ntarishi bo‘yicha rejalarga aralashgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)