“Spravedlivaya Rossiya” (“Adolatli Rossiya”) partiyasi vazirlar mahkamasiga yo‘naltirilgan ultimatum uchun 10 millionta imzo yig‘ishni boshladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” ushbu partiyadan deputat Oleg Paxolkovga tayanib.
“Biz Dmitriy Anatolyevich Medvedevning iste’fosi uchun 10 millionta imzo yig‘ish bo‘yicha butunrossiya aksiyasini ishga tushirmoqdamiz. Butun Rossiya bo‘ylab ‘Spravedlivaya Rossiya’ deputatlari bugun shu munosabat bilan matbuot anjumanlari o‘tkazadi va hamma o‘z hududida bu haqda e’lon qiladi”, — dedi Paxolkov.
Bosh vazir Dmitriy Medvedevning iste’fosi so‘ralgan murojaatda “kapital ta’mir” uchun soliq, transport solig‘ining bekor qilinishi talab etilgan. “Millionlab fuqarolarimizning ahvoli kundan-kunga yomonlashayotgan bir paytda hukumatning doimiy nochorligi va uning harakatsizligi bizni qoniqtirmaydi”, — deyiladi hujjatda.
Izoh (0)