Gmail elektron pochta xizmatining bir oylik auditoriyasi bir milliard kishiga yetdi, deya xabar bermoqda TJournal Google bosh direktori Sundar Pichayga tayanib.
900 million kishilik marraga esa Gmail 2015-yil mayida yetgan edi.
Gmail Google’ning bir milliard foydalanuvchi to‘play olgan yettinchi servisidir. Avvalroq ushbu marrani Google qidiruv xizmati, Android, Chrome brauzeri, Google Play dasturlar do‘koni, Google Maps va YouTube bosib o‘tgan edi.
Nashr eslatishicha, bugun, 2-fevral kuni Facebook’ga tegishli WhatsApp messenjeri ham bir milliard kishilik bir oylik auditoriyaga ega bo‘lgani ma’lum qilindi.