O‘zbekistonda 23-yanvar, shanba kuni quruq va iliq iqlim sharoiti saqlanib qoladi, deya axborot bermoqda “O‘zgidromet” markazi.
23-yanvarga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida -3 darajagacha sovuq bo‘ladi, shuningdek, vodiyda tuman tushishi mumkin. Qolgan hududlarda kechasi havo harorati 0...+7 daraja iliq bo‘ladi.
23-yanvar kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida +10 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +14 darajagacha iliq havo kuzatiladi.
Xuddi shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo harorati +15 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +19 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)