O‘zbekiston poytaxtida 1996—2015-yillar oralig‘ida intensivligi 6 ballgacha bo‘lgan jami 206 ta yerosti silkinishlari sezilgan. Bu haqda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti ma’lumotlariga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.
Eng ko‘p zilzila 2001 va 2007-yillarda qayd etilgan — har ikki safar Toshkentda kamida 19 marotaba zilzila yuz bergan. 2014-yil esa nisbatan sokin kechgan — shu yili poytaxt aholisi 3 marta 6 ballgacha bo‘lgan zilzilani sezgan yo sezmagan.
Jadvalga 7—8 balli zilzilalar kiritilmagan. Mutaxassislarning qayd etishicha, 2008 va 2010-yillarda shaharda intensivligi 1966-yilgi Toshkent zilzilasi bilan teng bo‘lgan yerosti silkinishlari qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yilning dastlabki ikki haftasi davomida Toshkentda kamida olti yerosti silkinishlari sezildi.
Izoh (0)