Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi doirasida Makkani ziyorat qildi, deya xabar bermoqda “Aziya-Plyus”. U yerda prezident rafiqasi, farzandlari va qarindoshlari bilan umra hajini amalga oshirdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Emomali Rahmon, uning rafiqasi, farzandlari va qarindoshlari Ka’bani yetti marta aylanib, ikki rakaat namoz o‘qigan. Duo o‘qiyotib, Tojikiston yetakchisi o‘z mamlakati va xalqiga eson-omonlik tiladi.
Nashr eslatishicha, Emomali Rahmon haj ziyoratini to‘rtinchi marta amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 25-dekabr kuni “Tinchlik va hamjihatlik asoschisi — Millat yetakchisi to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan va shu tariqa, u bir umrga Tojikiston millati yetakchisi deb e’lon qilingan edi.
Izoh (0)