Saudiya Arabistoni BMTga 2-yanvar kuni qatl etilgan 47 nafar mahkum ustidan “aqliy, irqiy yoki diniy mansubligidan qat’i nazar, adolatli va halol sud jarayoni” bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Saudiya Arabistonining BMTdagi missiyasi tashkilot bosh kotibi Pan Gi Mun Nimr an-Nimr va qatl etilgan boshqa qator mahbuslarga nisbatan ayblovlar xususiyati va jarayonning odilligi yuzasidan jiddiy xavotir bildirgani uchun “chuqur afsus” izhor qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2-yanvar kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi terrorizm va fitna uchun sudlangan 47 kishiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etilganini e’lon qildi. Saudiya hukumati shialar xatibi Nimr an-Nimrni qatl qilgani ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Tehronda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasiga bostirib kirdi. Shundan keyin Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalar uzilganini e’lon qildi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn esa Saudiya Arabistoni hukumatini mamlakatda o‘lim jazosiga nisbatan moratoriy qo‘llashga chaqirdi.
Izoh (0)