Nikoh to‘yi 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xonandalar Oybek va Nigora, to‘ydan bir hafta o‘tar-o‘tmas xizmatga chiqishni boshladi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Yaxshi niyatlar bilan to‘y va tadbirlarga oldindan taklif qilganlar ko‘p. Bizni hurmat qilib chaqirishgan ekan, rad etishimiz noto‘g‘ri”, — dedi Oybek.
“Qolaversa, bayram oldi tadbirlar ko‘p. Lekin faqat shoshilinch va zarurlariga boryapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi yosh kelin Nigora.
Izoh (0)