Rossiya bosh prokuraturasi ikkita xorijiy nohukumat tashkilotning Rossiyadagi faoliyatini nomaqbul deb topdi. Bu haqda muassasa rasmiy vakiliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bunda gap “Ochiq jamiyat” va “Hamkorlik fondi ochiq jamiyati” instituti haqida bormoqda.
Nashr eslatishicha, avvalroq Federatsiya Kengashi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga chet el notijorat tashkilotlaridan iborat “vatanparvarlik stop-listi”ni yuborgan edi. Ro‘yxatga senatorlar fikricha, Rossiya hududida nomaqbul bo‘lgan 12 ta notijorat tashkilot kiritilgan.
Izoh (0)