Rossiya hukumati muayyan ro‘yxat bo‘yicha Turkiyadan mahsulotlar keltirilishini taqiqlamoqchi, deya xabar bermoqda “Izvestiya” mamlakat qishloq xo‘jaligidagi manbasiga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatga sovitilgan va muzlatilgan yirik shoxli qoramol go‘shti, uy parrandasi go‘shti va kalla-pochasi, tuzlangan go‘sht, quritilgan yoki dudlangan go‘sht, sut va sut mahsulotlari, shu jumladan, tvorog, pishloq, shuningdek, baliq, dengiz mahsulotlari, yong‘oq va meva-sabzavotlar, rezavor mevalar, ko‘katlar kiritildi.
Ta’kidlanishicha, Turkiyaning xatti-harakatlariga javoban hukumat qabul qiladigan iqtisodiy choralar to‘liq ro‘yxati 1-dekabrgacha e’lon qilinadi.
Izoh (0)