30-noyabr, dushanba kuni Parijda boshlangan iqlim sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashmaydi, deya xabar bermoqda “RBK” Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
“Erdo‘g‘on bilan uchrashuv rejalashtirilmayapti, bu uchrashuv haqida gap ham bo‘lgani yo‘q. Bunday uchrashuv bo‘lmaydi”, — dedi Peskov. U Putin va Erdo‘g‘onning telefon suhbatini ham istisno qildi: “Hozircha Putinning grafigida hech qanday kontaktlar belgilanmagan”.
Shu bilan birga, Peskov Putinning AQSh prezidenti Barak Obama bilan sammit doirasidagi muzokaralari bo‘lib o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan anjuman doirasida uchrashishni so‘ragan edi.
30-noyabr kuni Fransiya poytaxtida iqlimning global o‘zgarishlariga bag‘ishlangan BMT anjumani ochildi. Unda dunyoning 195 mamlakati delegatsiyalari ishtirok etadi. Anjuman ikki hafta davom etadi.
Izoh (0)