Fransiya poytaxtida iqlimning global o‘zgarishlariga bag‘ishlangan BMT anjumani ochildi, deya xabar bermoqda Meduza. Unda dunyoning 195 mamlakati delegatsiyalari ishtirok etadi. Anjuman ikki hafta davom etadi.
30-noyabr kuni anjumanda Rossiya va AQSh prezidentlari, Buyuk Britaniya bosh vaziri va boshqa davlatlar yetakchilari qatnashmoqda.
Davlatlar rahbarlari anjumanda so‘zga chiqishi, shuningdek, tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Nashr eslatishicha, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan anjuman doirasida uchrashishni so‘ragan edi, biroq Kreml muzokaralar o‘tkazish uchun rozilik berganicha yo‘q.
BMT anjumanida muhokama etiladigan asosiy mavzu 2100-yilgacha bo‘lgan davrda global isishni Selsiy bo‘yicha 2 daraja bilan cheklashni nazarda tutib taklif qilingan chora-tadbirlar majmui bo‘ladi.
Izoh (0)