Turkiya Rossiyaga tegishli Su-24 samolyoti bilan yuz bergan hodisa uchun Rossiyadan uzr so‘rash niyatida emas. Bu haqda, “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li ma’lum qilgan.
“Havo kengliklarimizni, quruqlikdagi chegaralarimizni himoya qilish — nafaqat huquqimiz, balki majburiyatimiz hamdir. Hech kim o‘z majburiyatini bajargani uchun uzr so‘ramaydi”, — dedi Davuto‘g‘li.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham Su-24 ning urib tushirilgani uchun Turkiya uzr so‘ramasligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turk uchuvchilari va qurolli kuchlari o‘z majburiyatlarini bajarib, qonunbuzarlikka javob bergan.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)