Misrda qulagan Rossiya samolyoti radarlardan yo‘qolishidan avval balandlikni keskin pasaytirgan. Bu haqda, Flightradar24 internet-portali ma’lumotlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, “Kogalimavia” aviakompaniyasining samolyoti 1,5 kilometrga pastlaganidan so‘ng, radarlardan yo‘qolib qolgan.
Xabarlarga ko‘ra, samolyot Sinay yarimorolining shimoliy qismida qulagan. Aviahalokat haqida aviakompaniya yoki Rossiya hukumati hozircha hech qanday bayonot berganicha yo‘q, Misr bosh vaziri esa samolyot qulaganini tasdiqladi.
Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan “Kogalimavia” aviakompaniyasining Airbus 321 layneri Toshkent vaqti bilan 31-oktabr, shanba kuni soat 8:21 da Misrdan uchgan va so‘ng radarlardan yo‘qolgan.
Samolyot bortida 217 yo‘lovchi va ekipajning 7 a’zosi — jami 224 kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh (0)