Misr bosh vaziri Ismoil Sharif bortida 224 kishi bo‘lgan Rossiyaning Airbus 321 samolyoti halokatga uchraganini tasdiqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Reuters agentligining Misr bosh vaziriga asoslanib xabar berishicha, hodisa yuzasidan maxsus qo‘mita tuzilgan.
Hozirgi vaqtda Ismoil Sharif baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan shoshilinch xizmatlar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasi samolyoti Misrning Sharm-ash-Shayx shahridan Sankt-Peterburgga uchish vaqtida radarlardan yo‘qolib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)