Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining tug‘ilgan kunida Tungi xokkey ligasi (TXL) gala-matchida yettita shaybani darvozaga kiritdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel bosh hakamlik qilgan o‘yin Sochidagi “Shayba” muz arenasida bo‘lib o‘tdi.
“TXL yulduzlari” jamoasi tarkibida Putin mashhur xokkeychilar bilan birga “TXL terma jamoasi” ustidan 15:10 hisobida g‘alaba qozondi.
Putin bu safar o‘zining 2014-yilda o‘rnatilgan rekordini yangiladi. O‘shanda TXL gala-matchida u beshta shaybani darvozaga kiritib, jami 10 ochko jamlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, TXL Putin tashabbusi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Liga asosiy ishidan bo‘sh paytlarida, ko‘pincha kechki payt (nomlanishi ham shundan kelib chiqqan) o‘yin uchun vaqt ajratadigan xokkey ishqibozlarini birlashtirgan. Liganing birinchi gala-o‘yini 2012-yil 7-may kuni, Putinning Kremldagi prezidentlik inauguratsiyasidan so‘ng bo‘lib o‘tgandi.
Kecha, 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti 63 yoshni qarshi oldi. Rep ijrochi Timati (Timur Yunusov) uning tavallud kuniga bag‘ishlab klip chiqardi.
Izoh (0)