O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 5-avgustdagi qaroriga binoan, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uyda joylashgan qurilishi yakunlanmagan obyekt Toshkentdagi Inha universiteti uchun o‘quv binosi bo‘lishga yaroqsiz deb topildi. Bu haqda “Norma.uz” xabar bermoqda.
Shu sababli obyektning qiymatini qayta baholashga qaror qilindi. Obyektning bozor va utilizatsiya qiymatlaridagi farq universitet tomonidan xayriya ko‘rinishida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining maxsus hisob raqamiga Fundamental kutubxonani modernizatsiya qilish, shuningdek, ilmiy muassasalarining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy uskunalarni olib kelishga ishlatish uchun yo‘naltiriladi.
Qurilishi yakunlanmagan obyektning o‘zi esa buzilishi ko‘zda tutilgan. Uning o‘rnida universitetning yangi binosi quriladi. Obyekt buzilishi uchun Toshkent shahar hokimligiga bir oylik muddat berilgan. Obyekt buzilishining moliyaviy manbasi — demontajdan keyin qolgan qurilish materiallarini sotishdan tushgan mablag‘lar, ular yetmagan taqdirda ta’sischilar tomonidan bino qurilishi va rekonstruksiyasi uchun ajratilgan mablag‘lar.
Izoh (0)