Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 7-avgust kuni “O‘zbekiston-Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi bazasida ishbilarmon kishilar salohiyatini rivojlantirish va aloqalarni yo‘lga qo‘yish” texnik hamkorlik loyihasi bo‘yicha muhokama protokolini imzoladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Hujjatning imzolanishi UJC faoliyatining 2020-yil 30-noyabrgacha uzaytirilishini anglatadi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar TIAISV JICA bilan hamkorlikdagi loyihaning amalga oshirilishini tashkillashtirish uchun mas’ul bo‘lishiga kelishib oldi.