Mikroneziya Federativ Shtatlari terma jamoasi Tinch okeani o‘yinlari doirasida 3 ta uchrashuvda umumiy hisobda 0:114 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, yordam so‘rab FIFAga murojaat qildi, deb xabar beradi “Segodnya”.
Mikroneziya Federativ Shtatlari musobaqaning guruh bosqichida Taiti (0:30), Fiji (0:38) va Vanuatu (0:46) termalariga imkoniyatni boy berdi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Sten Foster FIFAni milliy federatsiyani tan olishga chaqirdi.
“Umid qilamanki, keyingi hafta FIFA inspeksiya o‘tkazish uchun yurtimizga keladi va bizni Osiyo mintaqasiga kiritadi. Agar bu ish amalga oshadigan bo‘lsa, biz texnik va boshqa turdagi yordam olishimiz mumkin. Bu juda yaxshi ko‘mak bo‘lardi”, — dedi Foster.