Ispaniya Primerasi 2015/16-yilgi mavsumining 1-tur o‘yinlari 22-avgust kuni bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yildi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Bu borada Ispaniya Futbol federatsiyasining taklifiga ko‘ra, Ispaniya Oliy Sudi qaror qabul qildi.
Avvalroq 1-tur o‘yinlari 16-avgustda boshlanishi rejalashtirilayotgandi. Keyinchalik UEFAning tavsiyasiga ko‘ra, o‘yinlar sanasi 22-avgust qilib belgilandi.