Qatarning “Al Jayish” klubiga ko‘chib o‘tgan Sardor Rashidovning transfer summasi ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
Bu haqda “Bunyodkor” klubi bosh direktori Baxtiyor Boboyev shunday deydi:
- Buni hech qanday sirli joyi yo‘q. Qatarliklar klubimiz hisobiga 2 100 000 AQSh dollarini o‘tkazib beradi. Futbolchimiz esa “Al Jayish” bilan uch yilga mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi, Qatarda unga omad tilaymiz va u yer orqali faoliyatini Yevropada davom ettirishga tilakdoshmiz.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Rashidov 3-iyul kuni “Al Jayish” bilan shartnoma imzolagandi.