Checheniston rahbari Ramzon Qodirov boks bo‘yicha mashg‘ulotlar vaqtida qovurg‘asini sindirib oldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qodirovning mashg‘ulotlardagi har ikkala hamkori Checheniston maxsus bo‘linmalarining jangchilari hisoblanadi. Aynan kim respublika rahbariga jarohat yetkazganiga Qodirov aniqlik kiritmagan.
“Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, sport bilan shug‘ullanishda davom eting, sport – bu kuch”, - deya qo‘shimcha qiladi Ramzon Qodirov.
Izoh (0)