Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichini 2-o‘rin bilan yakunlagan O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi nimchorak finalda Yevropa vakili bilan to‘qnash keladi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Ravshan Haydarov shogirdlari 1/8 finalda Avstriya bilan maydonga tushadi. “B” guruhida Ganadan keyin 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan Avstriya guruhda Argentina va Panamani ortda qoldirdi.
Uchrashuv 11-iyun kuni Vangarey shahrida bo‘lib o‘tadi. Fiji ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabani aynan Vangareyda qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar termasi shu shaharda raqibini kutadi.
O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi o‘yin 11-iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 09:00 da boshlanadi.
Izoh (0)