Bugun, 10-avgust kuni Oy o‘z orbitasi doirasida yer sayyorasiga maksimal darajada yaqinlashadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston aholisi “super oy”ni tomosha qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Uz24.uz.
“Super oy” bir yilda 13 marotaba kuzatiladigan to‘lin oyning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Oyning orbitasi ellips shaklida bo‘lgani uchun u sayyoraga goh yaqinlashadi, goh uzoqlashadi.
“Super oy”ni tiniq ob-havoda kuzatish mumkin. U oddiy kunlarga nisbatan uch barobar yorqinroq ko‘rinadi.
“Super oy” tong otishiga yaqin o‘zining eng yorqin holatiga yetadi.
Joriy yilda 10-avgustdan so‘ng yana bir marotaba super oyga guvoh bo‘lish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta mazkur tabiiy hodisa 2014-yil 11-iyuldan 12-iyulga o‘tar kechasida ham kuzatilgan edi.
Izoh (0)