Qoraqalpog‘iston suv iste’molchilari uyushmasi 50 ta elektr uzatmali mototsikl sotib oldi, deya xabar berdi Anons.uz “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib.
Ushbu mototransport yoqilg‘i-moylash materiallariga sarflanadigan mablag‘larni, shuningdek sug‘orish vaqtida maydonlarda harakatlanishga ketadigan vaqtni ancha tejash imkoniyatini beradi.
Kelajakda bunday tejamkor transport vositasidan yuzdan ortig‘ini xarid qilish rejalashtirilgan.