Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev restoran, metro, istirohat bog‘lari va boshqa jamoat joylarida anonim internet aloqasini taqiqlovchi qarorni imzoladi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, aloqa operatori foydalanuvchilarni identifikatsiyalashi kerak bo‘ladi.
Wi-Fi orqali internetga chiqish uchun foydalanuvchi “shaxsni tasdiqlovchi hujjati bilan tasdiqlangan” ism, familiya va sharifini taqdim etishi zarur bo‘ladi.