AQShning Iroqdagi gumanitar operatsiyasi bir necha ming kishiga oziq-ovqat va suv tashlashdan iborat edi, deya xabar berdi “RIA Novosti” AQSh ma’muriyati vakili bayonotiga tayanib.
“Missiyaga jalb etilgan C-17 va C-130 samolyotlari taxminan sakkiz ming kishi uchun ushbu mahsulotlarni yetkazib berdi”, — dedi vakil. Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlar 20 ming litr ichimlik suvi va sakkiz mingta tayyor tushlikni katta bo‘lmagan balandlikdan tashlagan. Ularni AQSh harbiy havo kuchlarining ikkita F-18 qiruvchi samolyotlari kuzatib borgan.
Avvalroq Obama AQSh diniy ozchiliklar genotsidi oldini olish uchun Iroqda gumanitar operatsiyani boshlagani va cheklangan harbiy hujumlarga shayligini aytgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, genotsid xavfi AQShni vaziyatga aralashishga majbur qilgan. Bundan tashqari, Iroq hukumatining “qirg‘in oldini olish”ni so‘rab, AQShga murojaat qilgani, shuningdek, Iroqda faoliyat olib boruvchi amerikaliklar ham xavf ostida qolgani AQShni ishga kirishishga undagan.