1—2 yoshlardagi bolakay Vashingtondagi Oq uy panjarasidan ichkariga kirdi va soqchilar orasida to‘polon keltirib chiqardi. Bu haqda Maxfiy xizmat vakili bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Go‘dak bola qalin cho‘yan panjara orasidan suqilib o‘tib, Oq uy maysazoriga tushib qoladi. Voqea joyiga AQSh Maxfiy xizmati xodimlari yetib kelib, uni ota-onasiga qaytardi.
“Uni tergov qilish uchun gapirishni o‘rganguniga qadar kutib turmoqchi bo‘ldik, biroq buning o‘rniga bolakayni ota-onasiga qaytarib, uylariga jo‘natdik”, — dedi Maxfiy xizmat vakili.