2014-yilning 18-iyun — 2-iyul kunlari Gruziyaning Telavi shahrida xotin-qizlar o‘rtasida FIDE Gran-pri turnirining navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dunyoning yetakchi grossmeysterlari ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur musobaqada o‘zbekistonlik xotin-qizlar orasida birinchi xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova ham g‘oliblik uchun bahs yuritadi. Nafisa beshinchi bosqichning dastlabki turida jahon chempioni, xitoylik Xou Ifanga qarshi dona suradi.
Turnir aylanma tizimda o‘tkazilib, 11 turdan iborat bo‘ladi.
18-iyunda FIDE Gran-Pri turnirining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilsa, 19-iyundan bahslar boshlanadi. 23 va 28-iyun kunlari dam olish kuni deb belgilangan.
Quyida ushbu bosqichda g‘oliblik uchun dona suradigan shaxmatchilar ro‘yxati berilgan:
- GM Xou Yufan (Xitoy)
- GM Xampi Koneru (Hindiston)
- GM Anna Muzichuk (Slovakiya)
- GM Nana Dzagnidze (Gruziya)
- GM Aleksandra Kostenyuk (Rossiya)
- GM Antoaneta Stefanova (Bolgariya)
- GM Xarika Dronavali (Hindiston)
- GM Chjao Syue (Xitoy)
- GM Elina Danilyan (Armaniston)
- WGM Nafisa Mo‘minova (O‘zbekiston)
- WGM Szyuy Venszyun (Xitoy)
- IM Bela Xotenashvili (Gruziya)
Izoh (0)