O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Shveysariya va Ekvador jamoalari o‘rtasidagi matchda qilgan hakamligi uchun yuqori baholandi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Nashrning eslatishicha, ushbu uchrashuv 2014-yil 15-iyunda bo‘lib o‘tdi, unda Shveysariya 2:1 hisobida Ekvador ustidan g‘alaba qozondi.
Futbol o‘yinlarida arbitrlar ishini baholash bilan shug‘ullanadigan Worldreferee.com sayti Ermatov va uning brigadasiga ushbu matchdagi faoliyati uchun yuqori baho qo‘ydi.
Muxbirlar va sayt a’zolari Ermatovning Shveysariya—Ekvador matchidagi hakamligiga 7,6 ball qo‘yishdi. Ayni paytda JCh-2014 o‘yinlarida qatnashgan to‘qqiz referi ichida u birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)