Turkiya g‘arbidagi ko‘mir koni portlashi natijasida halok bo‘lganlar soni 201 taga yetdi. Bu haqda gazeta.ru xabar berdi.
Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Taner Yulduz so‘zlariga ko‘ra, halokat chog‘ida konda 787 nafar ishchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, halokat Istanbuldan 250 kilometr janubda joylashgan Soma aholi punktida ikki kilometr chuqurlikda ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kon qulashiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Natijada yong‘in chiqib, transformator stansiyasi portlab ketgan.
Izoh (0)