Internet tarmog‘ida Nexia avtomobilining (davlat raqami 40 P 143 NA) haydovchisi kapotida YPX inspektori bilan ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Haydovchi Farg‘ona viloyatida yashovchi 21 yoshli T.D. bo‘lib, u bir nechta yo‘l harakati qoidasini (“To‘xtash taqiqlangan” va “To‘g‘ri yo‘l” belgilarida ko‘zda tutilgan) buzgani holda YPX inspektorining to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmasdan, harakatlanishda davom etgan.

Hozirda T.D. qo‘lga olingan va ichki ishlar bo‘limiga keltirilgan. U o‘z harakatlarini YHQni buzganlik va sug‘urta polisi muddati tugaganligi uchun javobgarlikdan qutulib qolmoqchi bo‘lganligi bilan izohlagan. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.