Bugun, 30-noyabr kuni Toshkent shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha II global forum tashkil etildi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zida ushbu siyosiy forum mamlakatlarning erishgan natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishda, o‘zaro tajriba almashishda muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilayotganini aytib
o‘tdi.
Senat raisining taʼkidlashicha, barqaror rivojlanishning zarur sharti bo‘lgan gender tenglikni taʼminlash, samarali bandlikni oshirish hamda aholini munosib ish bilan taʼminlash, barqaror infratuzilmani yaratish bo‘yicha ham keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu forumning e’tiborga molik suratlarini taqdim etadi.