Isroil tunda chegaradan taxminan 90 kilometr uzoqlikdagi Livanning Baalbek rayoniga aviazarbalar berdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.
Isroil armiyasiga ko‘ra, bu mamlakatning shimoliy qismi o‘qqa tutilishiga va Isroil-Livan chegarasida “Hizbulloh” dronining portlatilishiga javobdir. Havo hujumlarida Bekaa vodiysidagi Nabi Chit va Brital shaharlari yaqinidagi obyektlar nishonga olingan.
15-may kuni “Hizbulloh” Isroil shimolidagi armiya bazasiga kamikadze dronlari uchirdi. Hodisa oqibatida qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Hujum Isroil 14-may kuni Livan janubida “Hizbulloh” qo‘mondoni Husayn Mekkini o‘ldirganiga javoban amalga oshirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2023-yil 8-oktyabrdan beri “Hizbulloh”ning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlardagi yo‘qotishlari 297 nafarga yetdi.
Izoh (0)