Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 19 ta holatda jami 8,1 milliard so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, bekor qilindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Bular:
- Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligidagi 923,2 million so‘mlik;
- G‘ijduvon tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi buyurtmachiligidagi 878,1 million so‘mlik;
- Urganch tuman tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 632,4 million so‘mlik;
- Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi akademik litsey buyurtmachiligidagi 396,9 million so‘mlik;
- Buvayda tumani obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 396 million so‘mlik;
- Surxondaryo 2-son viloyat perinatal markazi buyurtmachiligidagi 306 million so‘mlik;
- Surxondaryo viloyat fiziatriya klinik shifoxonasi buyurtmachiligidagi 205 million so‘mlik;
- O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi buyurtmachiligidagi 182,8 million so‘mlik;
- Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat mintaqaviy filiali buyurtmachiligidagi 177,5 million so‘mlik;
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti buyurtmachiligidagi 175 million so‘mlik;
- Xiva shahridagi 56-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta taʼlim maktab-internati buyurtmachiligidagi 169 million so‘mlik;
- Konimex tuman madaniyat va turizm bo‘limi buyurtmachiligidagi 140 million so‘mlik;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi kompetensiyani rivojlantirish instituti buyurtmachiligidagi 120 million so‘mlik;
- Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 108,2 million so‘mlik;
- Yoshlar ishlari agentligining Sharof Rashidov tumani bo‘limi buyurtmachiligidagi 100,5 million so‘mlik;
- Farg‘ona shahar hokimligi buyurtmachiligidagi 89,3 million so‘mlik;
- Konimex tumani madaniyat bo‘limi-tuman madaniyat va aholi dam olish markazi buyurtmachiligidagi 71 million so‘mlik davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan.
Shuningdek, “Mikrokreditbank” Surxondaryo viloyat filiali buyurtmachiligidagi 1,84 milliard so‘mlik, Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi buyurtmachiligidagi 1,2 milliard so‘mlik davlat xaridlarida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etgani aniqlangan.
Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarining hududlar kesimidagi tahlili:
- Surxondaryo viloyati — 5 ta
- Farg‘ona viloyati — 3 ta;
- Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri — 2 tadan;
- Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlari — 1 tadan.
Sohalar kesimida esa taʼlim va sog‘liqni saqlashga 5 tadan, mahalliy hokimlik va tizim tashkilotlariga 3 ta, bank-moliya va madaniyatga 2 tadan, transport va yoshlarga 1 tadan taalluqlidir.
Agentlikning taqdimnomalariga asosan mazkur davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilingan. Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Bundan oldin Andijonda 1 tup ko‘chat qariyb 700 mln so‘mga sotib olingani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirilgani, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridini bekor qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)