Toshkentda pora olgan metropoliten xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Toshkent metropoliteni” DUK “Harakat” xizmati xodimi X.N. ismli shaxs fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uni 2 million so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga kelishgan va undan 1 million so‘m miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.
Uni ushlash bo‘yicha tezkor tadbir IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan “Toshkent metropoliteni” DUKning “Rejim tartibini ta’minlash” xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.
X.N.ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksi 168-moddasining (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.
Izoh (0)