Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘zining Gates Notes blogida an’anaviy rubrika asosida kitob tavsiyalari berib boradi. Bu safar u yozgi ta’tilda o‘qish uchun 5 ta kitob tavsiya qildi.
2022-yil yozi uchun tavsiya qilingan kitoblar gender tengligi, siyosiy qutblanish, iqlim o‘zgarishi va hayot hech qachon yoshlar o‘ylagandek bo‘lmasligi haqidagi haqiqatlar haqida.
Bill Geytsning o‘zi ta’kidlaganidek, bu mavzularni ta’tilda o‘qish juda qiyin. Biroq uning fikricha, mualliflar murakkab mavzular mohiyatini tushinarli tilda yoritib bera olgan.
The Power, Naomi Alderman
"Kuch" — Naomi Aldermanning ilmiy-fantastik asari. Kitob o‘z tanasi orqali elektr toki chiqarib, u bilan zarba berish qobiliyatiga ega bo‘lgan ayollar haqida.
Geyts ushbu kitobni o‘qib chiqqach, AQSHda va butun dunyoda gender masalalari bilan shug‘ullanadigan odamlarga katta minnatdorchilik bildirganini ta’kidlaydi.
Why We’re Polarized, Ezra Klein
“Nega biz qutblanganmiz” — bu kitobda muallif AQSHdagi siyosiy qutblanishni tahlil qiladi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, kitob Qo‘shma Shtatlarda haqiqatda nimalar bo‘layotgani, mamlakat ichida ma’lum kuchlar qanday rivojlangani va zamonaviy siyosat nega tortishuvga aylanganini tushunish uchun juda muhim.
The Lincoln Highway, Amor Towles
“Linkoln shossesi” — kitobning asosiy qahramonlari — onalarini topish uchun Nebraskadan Kaliforniyaga haydashga harakat qilayotgan ikki aka-uka. Voqea 1954-yilda sodir bo‘ladi. Muallif kitobxonlarga uzoq safarga turli nuqtai nazardan qarash imkoniyatini beradi.
The Ministry for the Future, Kim Stanley Robinson
“Kelajak vazirligi” — bu iqlim o‘zgarishi haqidagi kitob. Mavjud tendensiyalarga asoslanib, muallif yaqin kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan voqealar haqidagi tasavvurini yoritadi. Asar barcha sohalarni qamrab oladi: iqtisodiyot, siyosat, texnologiya, ekologiya. Muallif voqealar yakuniga qadar optimist bo‘lib qoladi va insoniyatni qutqarish yo‘lini topadi.
How the World Really Works, Vaclav Smil
“Dunyo haqiqatan qanday ishlaydi” — bu kitobda kanadalik iqtisodchi va ekolog Vatslav Smil inson hayotini global iqtisodiyot bilan bog‘laydigan muammolarni axborotni boshqarish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, Smilning kitobi inson hayoti qanday kuchlar ta’sirida shakllanayotgani haqida bilishni istaganlar uchun ajoyib materialdir.
Avvalroq Bill Geyts 2021-yil davomida o‘qigan eng sevimli kitoblari haqida ma'lumot bergan edi.
Izoh (0)