Apple kompaniyasi 2021-yilning ikkinchi moliyaviy choragiga oid hisobotini e’lon qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
O‘tgan davr mobaynida kompaniya 89,6 milliard dollar daromad ko‘rgan — bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 54 foizga ko‘p demak. Shuningdek, sof foyda qariyb ikki barobarga oshgan — 23,6 milliard dollar (o‘tgan yili 11,2 milliard dollar).
Savdolar Apple’ning barcha yo‘nalishlarida oshgan. Eslatib o‘tamiz, kompaniya qancha qurilmasi sotilganini emas, balki daromad va foydasini e’lon qilib keladi.
Apple’ning daromadi yo‘nalishlar bo‘yicha:
- iPhone — 47,9 milliard dollar (2020-yilning mos choragiga nisbatan +65 foiz);
- Mac — 9,1 milliard dollar (+70 foiz);
- iPad — 7,8 milliard dollar (+79 foiz);
- Naushnik va aksessuarlar — 7,8 milliard dollar (+24 foiz);
- Servislar — 16,9 milliard dollar (+26 foiz).
Izoh (0)