Suriyaning muxolifat tomonidan nazorat qilinadigan Xon-Sheyxun shahrida kamida 58 kishi aviahujumlar chog‘i zaharlovchi gaz qo‘llanishi qurboni bo‘ldi. Bu haqda Londondagi Suriya inson huquqlari observatoriyasiga tayanib, Reuters ma’lum qildi.
Saudiyaning Al Arabiya telekanaliga ko‘ra, hujum oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi va 400 kishi jabrlandi.
Muxolifat mazkur hujumda hukumat harbiy-havo kuchlarini aybladi.
O‘z navbatida, rasmiy Damashq armiya kimyoviy qurol qo‘llamagani va qo‘llamasligini bildirib, ayblovlarni rad etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!